TOShKENT, 17 noya – Sputnik. O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish tartibi belgilab berildi. Hukumat qarori bilan mazkur jarayonni tartibga soluvchi ma’muriy reglament tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, sanitariya-epidemiologik xulosa 3-yil muddatga beriladi.
Ushbu xulosa chetdan olib kelinayotgan mahsulotga — mahsulotning yaroqlilik davriga, yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan hollarda esa — muddat belgilanmasdan beriladi.
Ushbu xulosa chetdan olib kelinayotgan mahsulotga — mahsulotning yaroqlilik davriga, yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan hollarda esa — muddat belgilanmasdan beriladi.
Sanitariya-epidemiologik xulosa quyidagi holatlarda olinishi lozim:
yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganda;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibi o‘zgarganda;
texnologik jarayon, jihoz yoki jamlanmalar o‘zgarganda;
tajriba uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarga;
respublika hududiga olib kiriladigan oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlariga;
mahsulot ishlab chiqarish uchun berilgan sanitariya-epidemiologik xulosaning amal qilish muddati tugaganda.
Ariza beruvchi xizmatdan Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishi mumkin.
Xulosa Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan QR-kod orqali tasdiqlanadi va 1 ish kunida ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.