Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaporojyeda Rossiya armiyasi ikki yangi aholi punktini nazoratga oldi

Zaporojye viloyatida Rossiya armiyasi Malaya Tokmachka va Rovnopolye qishloqlarini hamda yana bir qator hududlarni nazoratga oldi.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Zaporojye viloyatidagi ikkita qishloqni ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Dnepr” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Zaporojye viloyatining Malaya Tokmachka aholi punktini ozod qilishni yakunladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Mudofaa vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, “Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Zaporojye viloyatining Rovnopolye aholi punktini ham ozod qilgan.
Ma’lum qilinishicha, Novouspenovskiy va Novoe aholi punktlari ozod etilganidan so‘ng bo‘linmalar dushmanning o‘ziga kelishiga va yangi chegaralarda mustahkamlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Ukraina Qurolli kuchlari mudofaa tizimlari ichkarisiga 5 kilometrga kirib borgan.
Shu bilan Rovnopolye 114-motoo‘qchi polk jangchilari tomonidan o‘tgan hafta davomida ozod qilingan to‘rtinchi aholi punktiga, shuningdek, noyabr boshidan buyon “Sharq” qo‘shinlari guruhining 5-armiyasi 127-diviziyasi bo‘linmalari nazoratga olgan Zaporojye viloyatidagi oltinchi aholi punktiga aylandi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatidagi aholi punktini ozod qildi