TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha prezidentlar tomonidan Qo‘shma bayonot hamda bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:
Qirg‘izistonning 2027–2028 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a’zoligiga nomzodi yuzasidan BMTga a’zo davlatlarga murojaat;
Ozarbayjonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi qaror;
Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi;
Markaziy Osiyo xavfsizligiga xatarlar katalogi va ularning oldini olish bo‘yicha 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi.