Davlat rahbarlari mintaqaning boy umumiy merosini saqlash va targ‘ib qilish borasidagi O‘zbekistonning keng ko‘lamli sa’y-harakatlariga yuqori baho berishdi va Islom sivilizatsiyasi markazi zamonaviy tadqiqot markazi sifatida mintaqa mamlakatlari orasida ilmiy, ta’lim va madaniy hamkorlik uchun yangi ufqlar ochishiga ishonch bildirdilar.
O‘zbekistonda islom sivilizatsiyasining bebaho merosini asrab-avaylash va targ‘ib qilishga bag‘ishlangan noyob manbalar, ilmiy tadqiqot va ta’lim yo‘nalishlarini bir joyga jamlagan ilk majmua.
Markaz binosi milliy me’moriy an’analar va bezaklar uyg‘unligida barpo etilgan bo‘lib, inshootning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rta qismida esa 65 metrli milliy uslubdagi gumbaz qad rostlagan.