TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Xitoy temir yo‘l yuk tashishlarini raqamlashtirish loyihasini amalga oshirishning yakuniy bosqichiga chiqdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyov ma’lum qildi.
"Temir yo‘l orqali tovarlarni yetkazib berish muddatlarini qisqartirish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish va biznes xarajatlarini kamaytirishning asosiy shartlaridan biri bu elektron transport va yuk tashish hujjatlariga o‘tishdir”, - dedi vazir YeOII va Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma komissiya yig‘ilishi yakunida.
Shuningdek, Rossiya tomonining Xitoy temir yo‘llari vakillari bilan maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi. Maqsad - qog‘ozsiz texnologiya bo‘yicha eksperimental tashishlarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik tartibini imzolash uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yakuniy muvofiqlashtirish va qog‘ozsiz texnologiya bo‘yicha tashishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv.
YeIK zarur ichki tartib-qoidalar Xitoyda 2025-yil oxirigacha yakunlanishini kutmoqda.
“Shuningdek, yaqin kelajakda Qozog‘iston bilan o‘xshash hujjatlar to‘plami imzolashga tayyor bo‘lishiga umid qilamiz”, - dedi Slepnyov.