Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina qo‘mondonlari qurol-yarog‘ sotmoqda — harbiy asir

Asirga olingan harbiyning aytishicha, komandirlar AQSh va Isroil texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan NATO texnikasi ehtiyot qismlarini noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari komandirlari AQShda ishlab chiqarilgan jangovor zirhli mashinalarning ehtiyot qismlarini sotmoqda. Bu haqda RIA Novostiga 41-alohida mexanizatsiyalashgan brigadaning asirga olingan ukrainalik askari Ivan Sidelnik ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, noqonuniy savdo ko‘lami juda katta:

“Millionlab emas, deyarli milliardlab dollarda o‘g‘irlashadi... MaxxPro kelganda ham undan pulemot yoki pulemotchi olib tashlangan bo‘ladi. Qayoqqadir haydashadi — tabiiyki, sotishadi”, — dedi Sidelnik bergan intervyusida.

Asirga olingan askarning ta’kidlashicha, u MaxxPro zirhli mashinasi qismlarining sotilishiga poligonda o‘quv mashg‘ulotlari paytida o‘z ko‘zi bilan guvoh bo‘lgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina qo‘shinlariga AQSh va Yevropa yollanmalari qo‘shilgan — OAV