Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari bir qator aholi punktlarini ozod qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylar Danilovka, Sinelnikovo va Suxoy Yar aholi punktlarini ozod qilganini xabar qildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Donesk Xalq Respublikasi, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlaridagi bir qator aholi punktlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Danilovka aholi punktini ozod qildi.

"Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga hujumni davom ettirdi va faol harakatlar natijasida Dnepropetrovsk viloyatining Danilovka aholi punktini ozod qildi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, "Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Xarkov viloyatidagi Sinelnikovo aholi punktini ozod qilgan.
Bundan tashqari, Rossiya qo‘shinlari Donesk Xalq Respublikasidagi Suxoy Yar aholi punktini ukrainalik jangarilardan tozalashni yakunlagani ma’lum qilindi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi Zaporojye va Xarkov viloyatlarida yangi hududlarni ozod qildi