O‘zbekiston sportchilari Islom birdamligi o‘yinlarida yana 7 ta medal qo‘lga kiritdi

Islom birdamligi o‘yinlaridagi navbatdagi kun O‘zbekiston delegatsiyasi jami 7 ta medal, jumladan bitta oltinni qo‘lga kiritishdi
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Saudiya Arabistonida davom etayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana 7 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston sportchilari navbatdagi kun bellashuvlarida 1 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medallarini o‘z g‘aznasiga qo‘shdi.
Oltin medal:
Sevinch Rahimova — karate, -55 kg vazn toifasi
Kumush medallar:
Gulshan Alimardonova — karate, -50 kg
Rigina Adashbayeva — og‘ir atletika, dast ko‘tarish, -86 kg
Rigina Adashbayeva — og‘ir atletika, siltab ko‘tarish, -86 kg
Rigina Adashbayeva — og‘ir atletika, ikki kurash, -86 kg
Ilya Sibirsev — 200 metr erkin usulda suzish
Bronza medali:
O‘zbekiston terma jamoasi — futzal
O‘zbekiston sportchilari Islom birdamligi o‘yinlarida yana 9 ta medal qo‘lga kiritdi