TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Madagaskar, Buyuk Britaniya, Fransiya va AQShdan bo‘lgan yollanma askarlar Ukrainaning “Flesh” uchuvchisiz tizimlar bo‘linmasiga qo‘shilgan. Bu haqda RIA novosti xabar berdi.
Oktabr oyi boshida RIA Novosti Ukrain qo‘shinlari tarkibida yollanma askarlar ishtirokidagi dron bo‘linmasi tashkil etilgani aniqlangan. Ularni yollash bilan shug‘ullanuvchi tuzilma o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Madagaskar, Fransiya va Buyuk Britaniyadan bo‘lgan dron operatorlari “Flesh” batalonida tayyorgarlikdan o‘tayotgani haqida ma’lum qilgan.
Nashr ushbu yollanma askarlar ishtirok etgan videoyozuvni ham keltirgan. Unda Britaniya armiyasida xizmat qilgan va o‘t o‘chiruvchi bo‘lib ishlagan shaxslar suhbati joy olgan. Yollovchi tanlov mezoni sifatida ingliz tilini bilish muhimligini, ammo harbiy tajriba talab etilmasligini ta’kidlaydi.
Shuningdek, tuzilma sahifalarida amerikalik yollanuvchi bilan suhbat ham joylashtirilgan bo‘lib, u 2024-yil oxiridan beri Ukrain qo‘shinlarining 25-havo-desant brigadasida jang qilganini va keyinchalik 28-alohida mexanizatsiyalashgan "Qishki kampaniya ritsarlari" brigadasining “Flesh” bo‘linmasiga o‘tganini aytgan.
RF mudofaa vazirligi Kiyev rejimi xorijlik yollanma askarlardan "to‘p yemi" sifatida foydalanayotgani, rossiyalik harbiylar esa ularni butun Ukraina bo‘ylab yo‘q qilishda davom etishini bir necha bor ta’kidlagan.
Pul uchun urushga kelganlarning o‘zlari ko‘plab intervyularda ukrainalik harbiylar o‘z harakatlarini yaxshi muvofiqlashtirmayotganini va janglarda omon qolish imkoniyati kamligini tan olishdi, chunki mojaroning intensivligini ular o‘rganib qolgan Afg‘oniston va Yaqin Sharq bilan taqqoslab bo‘lmaydi.