TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov bilan uchrashuvda ishlab chiqarish, yuqori texnologiyalar va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Tatariston Sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, Tatariston bosh vaziri o‘rinbosari — sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko rahbarligidagi delegatsiya Tatariston kompaniyalari ishtirokida tashkil etilayotgan sanoat parklari faoliyati bilan tanishdi.
Xususan, “Buxoro sanoatni rivojlantirish majmuasi” hududida ikki ishlab chiqarish korpusi qurilishi yakunlanib, dastlabki ishlab chiqarish boshlangani qayd etildi. Bu yerda mashinasozlik, kimyo, qurilish va telekommunikatsiya sohalari rezidentlari joylashtiriladi.
Shu bilan birga, “Navoiy sanoatni rivojlantirish majmuasi” sanoat parklarida ham qurilish va kommunikatsiya ishlari yakunlandi. Hududda maishiy texnika va kimoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi rezidentlar faoliyat boshlashi rejalashtirilgan.