TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Turkiyada o‘tkazilgan 100 va 64 katakli shashka turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida Jahon chempionatida 32 medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
24 dan ortiq davlatdan 300 dan ortiq sportchi ishtirok etgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari umumiy hisobda 4 ta oltin, 14 ta kumush, 14 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
Shuningdek, Nigina Bozorova, Ramazon Xudoynazarov, Ozodbek O‘rmonaliyevlar "Xalqaro grossmeyster" unvoni talabini bajardilar.