O‘zbekiston va YeOII

YeOII–Xitoy savdosi yangi rekord — hajm salkam $300 milliardga yetdi

YeOII va Xitoy o‘rtasidagi savdo hajmi 2024-yil yakuniga ko‘ra 291 milliard dollarga yetdi. Tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va yo‘l xaritasini yangilashga kelishib oldilar.
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. 2024 yil yakuniga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Xitoy o‘rtasidagi savdo hajmi 291 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) raisi Bakitjan Sagintayev Xitoy tijorat vaziri o‘rinbosari Yan Dun bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
"2024 yil yakunlariga ko‘ra, YeOII davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro savdoda yangi rekord daraja — 291 milliard dollar qayd etildi. Xitoyning ulushi Ittifoqning uchinchi davlatlar bilan umumiy tovar aylanmasining 35 foizini tashkil etdi", — dedi Bakitjan Sagintayev.
Uchrashuvda YeOII mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik natijalari hamda istiqbollari muhokama qilindi.
Shu kuni YeOII–Xitoy qo‘shma komissiyasining beshinchi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bitimni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni yangilash zarurligini ta’kidlab, ustuvor yo‘nalishlarda standartlarni uyg‘unlashtirish va tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Uchrashuv yakunida savdo hajmini yanada oshirish va YeOII hamda Xitoy biznesi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida hamkorlikni chuqurlashtirishga kelishildi.
O‘zbekiston va YeOII
Rossiya va Qozog‘iston YeOII bojxona tizimi bo‘yicha bitimni muhokama qildi