TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekistonda bank hisobvaraqlarini ochish tartibi yangilandi — endilikda mijozlar elektron hujjatlar orqali hisob ochishi, norezidentlar esa masofadan turib operatsiya amalga oshirishi mumkin.
Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yangi qaror bilan tegishli yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan:
Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yangi qaror bilan tegishli yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritildi. Jumladan:
Bank hisobvaraqlarini ochish uchun mijozlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs haqidagi ma’lumotnomaning my.gov.uz yoki “Ijtimoiy karta” ilovasi orqali berilgan elektron shaklini taqdim etishi mumkin;
Norezidentlar, agar ilgari shu bankda hisobvaraq ochgan bo‘lsa, yangi hisobvaraqni masofadan turib ochishi mumkin;
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ota-ona yoki qonuniy vakil tomonidan milliy yoki chet el valyutasida depozit va metall hisobvaraqlar ochish mumkin;
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar esa ushbu hisobvaraqlarni mustaqil ochish huquqiga ega bo‘ladi.