O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston o‘rtasida tashuvlar uchun imtiyozli tarif joriy etilish mumkin

"Agroekspress" loyihasi Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbus bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hamkor davlatlar bozorlariga yetkazib berishni soddalashtirishga qaratilgan.
Sputnik
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” Rossiya va Qozog‘iston bilan tashuvlar uchun yagona imtiyozli tarif joriy etishni “Yevroosiyo agrologistika” kompaniyasi bosh direktori Alevtina Kirilova bilan muhokama qildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida agroeksport yuklarini temir yo‘l orqali tashish imkoniyatlarini kengaytirish, hamkorlikni kuchaytirish hamda “Agroekspress Markaziy Osiyo – Rossiya” loyihasini ishga tushirish yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi.

Muloqotda uch davlat temir yo‘llari o‘rtasida yagona imtiyozli tarif joriy etish, bojxona va chegara jarayonlarini soddalashtirish zarurligi ham ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Qozog‘iston bilan birgalikda uch tomonlama uchrashuv tashkil etish hamda loyihani amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlarni kelishib olishdi.
“Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti: Mirziyoyev qanday takliflarni bildirdi