TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Toshkent shahrida 11–12 noyabr kunlari transport sohasining barcha muhim yo‘nalishlarini qamrab olgan qator xalqaro tadbirlar o‘tkazilmoqda.
“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida quyidagi xalqaro tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan:
Osiyo mamlakatlari uchun Transportni rivojlantirish bo‘yicha IV yuqori darajadagi muloqot (XTF);
“Uzbekistan Airports, Aviation & Logistics Forum” xalqaro aviatsiya forumi;
“TransLogistika Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmasi;
Multimodal transport bo‘yicha xalqaro forum;
Markaziy Osiyo davlatlari transport vazirlarining uchinchi uchrashuvi;
CASCA+ yo‘lagi bo‘ylab joylashgan mamlakatlar transport vazirlari yig‘ilishi;
MDH Muvofiqlashtiruvchi transport kengashining 45-yig‘ilishi;
MDH Transportda xavfsizlik kengashining 18-yig‘ilishi;
O‘zbekiston va Turkiya aviakompaniyalari forumi.
Tadbirlar doirasida transport infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli yechimlar, logistikada barqaror yechimlar, xalqaro investitsiyalar va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.
Qatnashuvchi tashkilot va idoralar:
BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE)
Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (BSEC)
TRASEKA (TRACECA)
IRU (IRU) – Xalqaro avtomobil transporti uyushmasi
FIATA (FIATA) – Xalqaro ekspeditorlar uyushmalari federatsiyasi
Jahon yo‘l assotsiatsiyasi (PIARC)
Xalqaro temir yo‘llar ittifoqi (UIC)
Global yashil o‘sish instituti (GGGI)
Jahon banki (World Bank)
Osiyo taraqqiyot banki (ADB)
Forumlarda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya transport vazirliklari rahbarlari ham ishtirok etmoqda.