TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Zaporojye viloyatidagi Novouspenovskoe qishlog‘ini hamda Xarkov viloyatining Kupansk shahrining sharqiy qismini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga kirishni davom ettirdi va Zaporojye viloyatining Novouspenovskoe aholi punktini ozod qilishni yakunladi”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, Xarkov viloyatining Kupansk shahrida 6-armiyaning shturmchi bo‘linmalari Ukraina armiyasining qurshovdagi guruhlarini yo‘q qilishni davom ettirib, shaharning sharqiy qismini to‘liq ozod etgan.