TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Zaporojye viloyatidagi Novoe va Sladkoe hamda Donesk Xalq Respublikasidagi Gnatovka qishloqlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Sharq” qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari dushman mudofaasining ichkarisiga siljishni davom ettirdi. Zaporojye viloyatining Novoe va Sladkoe aholi punktlari ozod qilindi", — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, hujum davomida “Sharq” qo‘shinlari guruhining 127-motoo‘qchi diviziyasi bo‘linmalari 25 kvadrat kilometrdan ortiq maydonni nazorat ostiga olgan va Zaporojye viloyatidagi Sladkoe hamda Novoe aholi punktlarini ozod qilgan.
To‘rt kun ichida “Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Dnepropetrovsk va Zaporojye viloyatlarida beshta aholi punktini ozod qilib, hujumni ishonch bilan rivojlantirgan hamda egallab turgan pozitsiyalarida mustahkamlangan.
Shuningdek, Krasnoarmeysk aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlarining qurshab olingan tuzilmalarini yo‘q qilish chog‘ida 2-armiya bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasining Gnatovka aholi punktini ozod qildi.