Kasaba uyushmalari fidoyilari orden va medallar bilan mukofotlandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligi munosabati bilan soha xodimlari turli darajadagi davlat orden va medallari bilan mukofotlandi.
Sputnik
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
"Mamlakatimizda kasaba uyushmalari tizimini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi ko‘p yillik samarali xizmati, sohada islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ishchi-xodimlarning mehnat qonunchiligiga doir huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifa va dasturlar ijrosini ta’minlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun", - deyiladi farmon matnida.
Farmonga muvofiq:
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan — 1 kishi;
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan — 1 kishi;
"Do‘stlik" ordeni bilan — 7 kishi;
II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan — 1 kishi;
II darajali "Salomatlik" ordeni bilan — 2 kishi;
"Sog‘lom turmush" medali bilan — 1 kishi;
"Shuhrat" medali bilan — 4 kishi mukofotlandi.
Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati quyida.
Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha xodimlari taqdirlandi