Matbuot markazi

Anons: Elmira Ahmedova ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

Matbuot anjumanida xorijda rus tili va madaniyatini rivojlantirish, san’at va ta’lim sohalaridagi hamkorlik hamda yaqin kelajakda rejalashtirilayotgan yangi loyihalar haqida so‘z yuritiladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Sputnik matbuot markazida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi san’atshunoslar seksiyasi raisi Elmira Ahmedova ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 13-noyabr mahalliy vaqt bilan soat 13.00 da boshlanadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan 4-noyabr — Xalq birligi kuni munosabati bilan Elmira Ahmedovani Pushkin medali bilan taqdirlangan. Ushbu davlat mukofoti mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, xorijda rus tili va madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun berildi.
Matbuot anjumanida xorijda rus tili va madaniyatini ommalashtirish bo‘yicha eng samarali loyihalar, san’at va ta’limning O‘zbekiston hamda Rossiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni rivojlantirishdagi roli, shuningdek, yaqin kelajakda amalga oshiriladigan yangi tashabbuslar muhokama qilinadi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev