Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

BMTning Ukraina mojarosini hal etishda roli bormi - Rossiya doimiy vakili javobi

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzaning ta’kidlashicha, BMT Ukraina inqirozini hal etishda amaliy rol o‘ynamayapti va xolislik tamoyillarini buzmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Ukraina inqirozini hal etishda tashkilotning roli yo‘qligini ta’kidladi. Bu haqda u RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Menimcha, javob – yo‘q”, — dedi Nebenzya unga BMT Ukraina inqirozini hal etishda qandaydir rol o‘ynayaptimi deb berilgan savolga javoban.

Rossiyalik diplomatning ta’kidlashicha, bu holat BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh hamda uning matbuot kotibi va boshqa rasmiy shaxslar o‘z lavozimini suiiste’mol qilayotgani bilan bog‘liq.
“Xalqaro xodimlarning xolisligi to‘g‘risidagi nizomning yuzinchi moddasiga qat’iy amal qilish o‘rniga, ular, shubhasiz, mojaroda bir tomonni qo‘llab-quvvatlamoqda”, — dedi Nebenzya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot bosh kotibi matbuot xizmati “Ukrainaning Rossiya fuqarolari va aholisiga nisbatan amalga oshirayotgan harakatlarini” e’tiborsiz qoldirmoqda.

“Shuning uchun, ochig‘ini aytsam, men BMTning bu jarayondagi rolini ko‘rmayapman. Ha, ularning o‘zlari ham alohida rol o‘ynashga intilishmayapti, chunki bu mavzuda ular uchun muzokara stoli atrofida joy yo‘qligini yaxshi tushunishadi”, — deya xulosa qildi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili.

Ukraina, AQSh bilan munosabatlar va muzlatilgan aktivlar — Lavrov katta intervyu berdi