TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Ostona shahrida Qozog‘istonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va uchinchi tomon davlatlar o‘rtasida bojxona tranzitining yagona tizimi to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish masalasi muhokama qilindi.
Mazkur hujjat 2024-yil 26-dekabrda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida imzolangan.
Muhokama Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 26-yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, bitimni amalga oshirish tranzit tashuvlari hajmini oshirish, ta’minot zanjiri xavfsizligini kuchaytirish, savdodagi to‘siqlarni qisqartirish hamda xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, boshqa manfaatdor davlatlarning YeOII bojxona tranziti tizimiga qo‘shilishi tovarlarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratishi ta’kidlandi.