O‘zbekiston–Xitoy: Mintaqada yagona raqamli makon yaratish memorandumi imzolanishga tayyor

Xitoy va Markaziy Osiyo tegishli idoralari imzolashi rejalashtirilgan Memorandum mintaqada yagona raqamli makonni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari mintaqada yagona raqamli makonni shakllantirishga qaratilgan memorandumni imzolashga tayyor. Bu haqda Shanxaydagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoy Sanoat va axborotlashtirish vaziri o‘rinbosari Sun Sziszun bilan muzokaralar olib bordi.
Memorandum Xitoy Sanoat va axborotlashtirish vazirligi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining vakolatli idoralari o‘rtasida imzolanishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv davomida raqamli transformatsiya, sun’iy intellektni joriy etish va sanoatni modernizatsiya qilish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, “aqlli” yechimlar, katta ma’lumotlar va bulutli hisoblash sohasidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Matbuot markazi
Sputnik matbuot markazida YeOIIning raqamli loyihalari muhokama qilinadi