Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha xodimlari taqdirlandi

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha fidoyilaridan bir guruhi mukofotlandi. Ular sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi
Sputnik
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Bu haqda prezident matubot xizmati xabar berdi.
"Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimi va farmatsevtikani rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sohani tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli ta’minlash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, o‘zining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan diagnostika va davolash amaliyotida zamonaviy, yuksak texnologik usullarni keng qo‘llash, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgani, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun", - deyiladi Farmon matnida.
Farmonga ko‘ra bir qator O‘zbekiston va chet davlarlari fuqarolari mukofotlandi, jumladan:
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan - 2 kishi.
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan - 3 kishi.
I darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan - 2 kishi
II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan -10 kishi.
I darajali "Salomatlik" ordeni bilan - 2 kishi.
II darajali "Salomatlik" ordeni bilan - 22 kishi.
"Do‘stlik" ordeni bilan - 13 kishi.
"Sog‘lom turmush" medali bilan -19 kishi.
"Kelajak bunyodkori" medali bilan - 3 kishi
"Shuhrat" medali bilan -20 kishi taqdirlandi.
Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati quyida.
Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash xodimlarini tabrikladi