TOShKENT, 8 noya – Sputnik. RIA Novosti bilan suhbatda AQShning sobiq harbiy rahbarlaridan biri Uirkerson Rossiya prezidenti maxsus harbiy operatsiya nima uchun boshlaganini aniq tushunishini aytdi.
"Bizning Ukrainani NATOga qo‘shib olish payida qilgan har qanday sa’y-harakatlarimiz jiddiy muammolarga duch kelgan edi.
Keyinroq esa men AQSh 2005, 2006-yillardan buyon Ukrainani NATOga qo‘shib olish bo‘yicha jiddiy harakatlar qilganini va 2011, 2012, 2013 va 2014-yillarda buni faol targ‘ib qilib, juda katta sa’y-harakatlar qilayotganimizni bilganimda, men ularni aqldan ozgan deb o‘ylagandim, - dedi Uilkerson.
"Va shunga qaramay, har ikkala ma’muriyat - Respublikachilar ham va Demokratlar ham - buni targ‘ib qilishdi. Bu menga mutlaqo bema’ni tuyuldi", deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani NATOga qo‘shishga urinishda Rossiya uchun ekzistensial tahdidni ko‘rgan, degan fikrni bildirdi.
"Shuning uchun u chora ko‘rdi. Va, aytganimdek, harbiy xizmatchi sifatida, uning aynan qanday maqsadda harakat qilganini aniq tushunaman", - deya ta’kidladi Uilkerson.
Rossiya 2022-yil 24-fevralda Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish hamda Donbassda 8-yildan beri Ukraina millatchilari zo‘ravonligidan jabrlangan rus aholisini himoya qilish deb atagan edi. U maxsus operatsiya zarur chora ekanligini ta’kidladi; Rossiya "boshqacha harakat qilish imkoniyatiga ega emas edi; yaratilgan xavflari shunday ediki, boshqa vositalar bilan javob berishning iloji yo‘q edi".
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 30-yildan beri NATO bilan Yevropada xavfsizlik tamoyillari bo‘yicha kelishuvga erishishga uringan, biroq bunga javoban behayo yolg‘on yoki bosim va shantaj urinishlariga duch kelgan. Ayni paytda alyans, Moskvaning noroziligiga qaramay, muttasil kengayib, Rossiya chegaralariga yaqinlashmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 30-yildan beri NATO bilan Yevropada xavfsizlik tamoyillari bo‘yicha kelishuvga erishishga uringan, biroq bunga javoban behayo yolg‘on yoki bosim va shantaj urinishlariga duch kelgan. Ayni paytda alyans, Moskvaning noroziligiga qaramay, muttasil kengayib, Rossiya chegaralariga yaqinlashmoqda.