Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Sammit o‘tkazish uchun Rossiya va AQShning atigi bir-ikkita masalani hal qilishi qoldi – Orban

Vengriya bosh vaziri bu sammitdan keyin Ukrainada tinchlik bo‘ladi deb hisoblaydi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Ukrainadagi mojaro bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini kelishib olish va Budapeshtda prezidentlar Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashuvini o‘tkazish uchun Rossiya va AQShning atigi bir-ikkita masalani hal qilishi qoldi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban shunday fikr bildirdi.
“Amerika-Rossiya muzokaralari jarayonida hal qilinmagan bir-ikkita masala qoldi. Agar ular hal etilsa, bir necha kun ichida Budapeshtda tinchlik sammati o‘tkazilishi mumkin, shu lahzadan, tomonlar kelishuvlariga ko‘ra, Ukrainada sulh va tinchlik bo‘lishi mumkin”, - dedi Orban “Magyar Nemzet” gazetasiga bergan intervyusida.
16 oktabr kuni Tramp Putin bilan telefon muloqotidan keyin ular tez orada Vengriya poytaxtida uchrashishga kelishib olishganini ma’lum qildi. Keyinchalik sammit qoldirildi, chunki tomonlar Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha ahamiyatli natijaga erishish uchun o‘z pozitsiyalarini kelisha olishmadi. Moskva va Vashington mos shart-sharoitlar yaratilgan paytda uchrashuv bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Ukrainadagi mojaroga tezda barham bermoqchi — Kirill Dmitriyev