Qoraqalpog‘istonda tuzni qayta ishlash uchun “Kungrad Salt Free Zone” tashkil etiladi

2030 yilgacha jami 200 mln dollar investitsiya hisobiga konning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Qoraqalpog‘istonda tuzni qayta ishlash uchun “Kungrad Salt Free Zone” tashkil etiladi. Prezident tegishli qarorni imzoladi.
Qo‘ng‘irot tumanidagi “Barsakelmes” tuz koni hududida chegaralarda tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasi tashkil etiladi.
Qarorga ko‘ra, “Barsakelmes” tuz konida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:
2026 yilda kamida 50 mln dollar miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish;
2026–2030 yillarda jami 200 mln dollar miqdoridagi investitsiyalarni jalb qilish.
2025–2026 yillarda 50 gektar yer uchastkasida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, kelgusi yillarda zaruratdan kelib chiqib, “Kungrad Salt Free Zone” hududi 200 gektargacha kengaytirib boriladi.
Sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni boshlagan tadbirkorlarga 5-yil muddatga “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda mavjud tuz zaxiralarini va istiqbolli tuz konlarini aniqlash va o‘zlashtirish maqsad qilingan.
O‘zbekistondagi tuz mahsulotlari sinovdan o‘tkazildi — yodlanmagan osh tuzlari ro‘yxati