Matbuot markazi

Anons: MDH mamlakatlari kasaba uyushmalari hamkorligini rivojlantirish muhokama qilinadi

Ekspertlar ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishda kasaba uyushmalarining roli, bandlik va mehnat muhofazasi sohasidagi ilg‘or tajribalar hamda xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Sputnik matbuot markazida MDH mamlakatlari kasaba uyushmalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 10-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadi.
Ishtirokchilar:
Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi bosh kotibi, Rossiya Davlat dumasi deputati Viktor Pinskiy;
Kasaba uyushmalari Umumkonfederatsiyasi bosh kotibi o‘rinbosari Margarita Usova.
Anjumanda ekspertlar ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishda kasaba uyushmalarining roli, zamonaviy muammolar, bandlik va mehnat muhofazasi sohasidagi ilg‘or tajribalar hamda xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilishadi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev