O‘zbekiston Abilimpiks-2025 xalqaro musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Gulnoza Shermamatova “Fotografiya” yo‘nalishida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Moskva shahrida 30-oktabr-2 noyabr kunlari nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida o‘tkazilgan Abilimpiks–2025 professional mahorat chempionatida o‘zbekistonlik Gulnoza Shermamatova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada 18 ta davlatdan 1000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. O‘zbekiston nomidan qandolatchilik, tikuvchilik, fotografiya va sanoat robototexnikasi yo‘nalishlari bo‘yicha olti nafar yosh mutaxassis ishtirok etdi. Gulnoza Shermamatova “Fotografiya” yo‘nalishida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

2026 yilda O‘zbekistonda birinchi Respublika Abilimpiks musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Musobaqa inklyuziv kasbiy muhitni rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Prezident Namanganda kunduzgi parvarish markazini borib ko‘rdi