TOShKENT, 6 noya – Sputnik. 2025 yil 7-noyabr kuni Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida soat 12:00 da "Rossiya-Markaziy Osiyo: iqtisodiy hamkorlik istiqbollari" mavzusida Ostona-Moskva-Bishkek-Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
9 oktabr kuni Dushanbe shahrida "Rossiya-Markaziy Osiyo" ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tdi, uning yakunlari bo‘yicha yakuniy bayonot va 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilindi.
Mintaqa mamlakatlari iqtisodiy hamkorligining yangi modeli nimasi bilan farq qiladi? Tomonlar mavjud savdo to‘siqlarini qanday bartaraf etish niyatida? Qaysi sohalarda qo‘shma qayta ishlash klasterlari paydo bo‘lishi mumkin? Mintaqa davlatlari transport-logistika salohiyatini qanday oshirish niyatida? Shu va boshqa savollarga ekspertlar javob beradi.
Spikerlar:
Moskvada:
Valeriy Abramov, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti Jahon iqtisodiyoti va jahon moliyasi departamenti Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni o‘rganish instituti bosh ilmiy xodimi;
Ostonada:
Akimjan Arupov, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti direktori;
Anuar Nurtazin, iqtisodchi.
Bishkekda:
Almaz Nasirov, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi bo‘yicha mustaqil ekspert.
Toshkentda:
Baxtiyor Ergashev, "Ma'no" tadqiqot tashabbuslari markazi direktori;
Shavkat Alimbekov, Markaziy Osiyo xalqaro instituti yetakchi ilmiy xodimi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev