TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Sputnik multimedia matbuot markazida 6-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da O‘zbekistonda transport vositalarini boshqarish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar:
Zoir Yo‘ldoshev — IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi;
Ramil Valatov — IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHXB Axborot xizmati bosh mutaxassisi muharriri.
Anjumanda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-oktabrdagi 676-sonli qarori doirasida yo‘l harakatini boshqarish samaradorligini oshirish, ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlash, raqamli yechimlarni joriy etish va ma’muriy mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan asosiy qoidalar muhokama qilinadi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev