Toshkent politexnika muzeyida Rossiya Qahramoni, uchuvchi-kosmonavt Andrey Borisenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuv shunday murakkab kasb haqidagi tafsilotlar va nozik jihatlarni bilishga qiziqqan o‘quvchilar, talabalar va kattalarni o‘ziga jalb etdi.
Andrey Ivanovich kosmonavtika mezonlariga ko‘ra ancha kech - 39 yoshida bu sohaga kirib kelgan bo‘lsa-da, Xalqaro kosmik stansiyada ikki marta bo‘lishga, orbitada 337 sutka 9 soat 6 daqiqa vaqt o‘tkazishga va o‘nlab ilmiy tajribalar ustida ishlashga muvaffaq bo‘lgan.
Bugungi kunda Borisenko Yu.A. Gagarin nomidagi Kosmonavtlarni tayyorlash ilmiy-tadqiqot sinov markazining kosmonavtlar otradi metodik bo‘limida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritmoqda, shuningdek, u Boltiqbo‘yi davlat texnika universitetining raketa qurilishi kafedrasida dotsent sifatida ham ishlaydi.
Kosmonavtning Toshkent jamoatchiligi bilan uchrashuvi do‘stona muhitda o‘tib, unda barchada o‘z savollarini berish imkoni bo‘ldi. Kosmonavtlarni qayerda va qanday tayyorlashlari, koinotda o‘zga sayyoraliklarni uchratish mumkinmi, parvoz paytida ovqatlanish, suv ichish va cho‘milish qanday bo‘lishi, skafandrda harakatlanish qiyinmi va boshqa ko‘p narsalar haqida so‘rashdi.
“Esda eng qoladigan savol kosmonavt qizlar ham bo‘ladimi, degan savol bo‘ldi. Bu savolni, butun tadbir davomida juda faol bo‘lgan bir qizcha berdi. Aslida, parvozlarim paytida jamoamizda ayollar bo‘lgan. Ularning kemada bo‘lishi ekipajning ma’naviy iqlimini yaxshi barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi”, - dedi Borisenko uchrashuvdan keyin.
Kosmonavt orbitadagi hayoti haqida ko‘plab qiziqarli voqealarni gapirib berdi: kemada “dush qabul qilish”, bayramlar va hatto birinchi parvozda sodir bo‘lgan hodisa - uning fotoapparati havo oqimi bilan shiftga uchib ketib, uni 45 daqiqa davomida qidirishganini ham aytib berdi.
Deniza Chalbash uchrashuvga qizi Safie bilan keldi, u juda yosh bo‘lishiga qaramay, onasi kabi juda qiziqdi.
“Bunday uchrashuvda qatnashib, Yerni koinotdan ko‘rgan ajoyib inson bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘lganimizdan xursandman!” - deb o‘rtoqlashdi Deniza.
Andrey Borisenko bilan uchrashuvlar M.V.Lomonosov nomidagi MDUning Toshkentdagi filiali hamda MISiS MTTUning Olmaliq filialida ham bo‘lib o‘tdi. Tadbir BRIKS+ Ochiq fan haftaligi doirasida tashkil etilgan.
Toshkent rossiyalik kosmonavt bilan tanishuvi haqida batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.