TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan.
Loyihada 17 ta kasallik va holat bo‘yicha transport vositasida xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan. Ular quyidagilar:
Umrov, to‘sh, yelka kamari, qovurg‘a va umurtqa pog‘onasi sinishlari
O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (IV bosqich), bronxial astma (IV bosqich), interstetsial zararlanish
O‘pkaning bir qismi yoki butuni olib tashlangan holatlar
Surunkali yurak yetishmovchiligining III va dekompensatsiya bosqichlari
III darajali semizlik (BMI ≥ 40)
150 smdan past bo‘ylik (nanizm)
Qo‘l yoki yelka harakati cheklangan nevrologik kasalliklar
Ko‘krak qismida og‘ir allergik yoki dermatologik kasalliklar (ekzema, psoriaz)
Protezlar, implantlar, sun’iy chiqish yo‘li (stoma) qo‘yilgan holatlar
Ko‘krak, qorin bo‘shlig‘idagi ochiq operatsiyalar, yirik o‘smalar
Homiladorlik
Agar loyiha tasdiqlansa, ushbu kasalliklarga doir tibbiy ma’lumotnomalar “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimi orqali QR-kod bilan shakllantiriladi va fuqaro biriktirilgan shifoxona orqali beriladi. Ma’lumotnoma olti oygacha amal qiladi.