TOShKENT, 4 noya – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyevning O‘mon Sultonligi ta’lim vaziri Madiha binti Ahmad Al-Shaybani va Andorra Knyazligi tashqi ishlar vaziri Imma Tor Faus bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Madiha binti Ahmad Al-Shaybani bilan muzokaralar davomida O‘zbekiston va O‘mon ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, kasbiy ta’lim va innovatsiya sohalarida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni sifat jihatdan boyitish maqsadida tegishli vazirliklar va ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, jumladan, talabalar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Baxromjon A’loyev provel vstrechu s ofitsialnimi litsami Omana i Andorri
© press-slujba MID
Imma Tor Faus bilan muzokaralar chog‘ida esa O‘zbekiston va Andorra o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, ekologiya va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchli va do‘stona munosabatlarni yanada kengaytirishga tayyorliklarini bildirdi.