Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainadagi NATO texnikasi saqlanayotgan omborlarga zarba berildi

Tunda Rossiya qo‘shinlarining asosiy nishoni aviabaza va harbiy texnikani saqlashga mo‘ljallangan obyektlar bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Rossiya harbiylari Ukrainaning Jitomir viloyatidagi aviabazaga zarba berdi. Bu haqda RIA Novosti Ukrainadagi yashirin xizmatlar koordinatori Sergey Lebedev ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.
Uning aytishicha, asosiy nishonlar aviabaza infratuzilmasi va harbiy texnikani saqlashga mo‘ljallangan obyektlar bo‘lgan.

"Ukraina manbalariga ko‘ra, zarbalar aviabaza xududiga va u yerda joylashgan texnika saqlash obyektlariga berildi. Shuningdek, portlashlar aviatsiya bazasi yaqinida joylashgan BTR ta’mirlash zavodini ham qamrab olgan. Bu yerda konservatsiyadan chiqarilib, Ukrainaga yetkazilgan NATO texnikalari jangovar holatga keltirilayotgan edi", – dedi Lebedev.

Avvalroq Lebedev Xarkov viloyatidagi portlashlar haqida ham ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerda dronlarga xizmat ko‘rsatish maydonchilari va Ukraina qo‘shinlariga tegishli texnika yo‘q qilingan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya harbiylari Ukraina Qurolli kuchlari o‘quv lagerini yo‘q qildi