Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp: Ukrainadagi mojaro bir necha oy ichida hal qilinishi mumkin

Tramp Rossiya–Ukraina mojarosi yaqin oylarda hal qilinishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, u sayyoradagi to‘qqizta urushdan sakkiztasini to‘xtatganini eslatib o‘tdi
Sputnik
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Ukraina mojarosi tez orada hal qilinishi mumkin. Bu haqda u yakshanba kuni efirga uzatilgan CBS News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Ha, o‘ylaymanki, biz bunga erishamiz," - deb javob berdi u mojaro "bir necha oy" ichida hal qilinishi mumkinmi, degan savolga.
Shu o‘rinda Tramp Rossiya rahbariyati "AQSh bilan ish olib borishni" xohlashiga ishonch bildirdi.
Tramp, shuningdek, AQSh va umuman G‘arb Ukraina inqirozi nuqtayi nazaridan Rossiya rahbariyatini yetarlicha baholamaganini amalda tan oldi.
"Bizning sayyoramizda to‘qqizta urush bo‘lgan. Ulardan sakkiztasini yakunlashga erishdim. Faqat Rossiya - Ukraina qoldi," - dedi Tramp.
Intervyu 31-oktabr kuni yozib olingan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Koreyadagi muzokaralarda Ukraina haqida bayonot berdi