TOShKENT, 2 noya – Sputnik. DXRda Krasnoarmeysk yaqinida qurshovga olingan ukrainaliklar harbiylar taslim bo‘la boshladi. Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik ukrainalik harbiylar Vacheslav Krevenko va Stanislav Tkachenkoning iqrori aks etgan videoni ko‘rsatdi. Ular qanday qurshovda bo‘lishgani, qo‘mondonliklarining befarqligi va taslim bo‘lishga qaror qilish sabablarini so‘zlab berishdi.
“Allaqachon kuch yo‘q, na ma’naviy, na jismoniy. Hech narsa qilolmayman”, - dedi Krevenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qarshilik ko‘rsatishning ma’nosini ko‘rmaydi va barcha ukrain harbiylariga undan o‘rnak olishni taklif qildi.
“Hammaga taslim bo‘lishni taklif qilaman, o‘shanda tirik qolasiz. Agar yo‘q bo‘lsa, unda o‘lasiz. Shunday tamom. Hammasi oddiy”, - dedi ukrainalik asir.
Boshqa asir uning bo‘linmasi qo‘mondonlikdan chiqarishni so‘ragan, ammo ularga vaziyat o‘nglangandan keyin qurshovdan chiqishni va’da qilishgan.
“Hech kim hech qanday chora ko‘rmadi. Biz o‘zimiznikilar tomonga o‘tishga urinmadim, chunki bu xudkushlik ekani, imkoniyat yo‘q ekanini tushunardik”, - dedi Tkachenko.
Avvalroq Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov Kupansk va Krasnoarmeyskda UQK bo‘linmalari qurshovga olinganini ma’lum qilgan edi. Rossiya rahbari Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hukumati qurshovga tushgan fuqarolari taqdiri haqida qaror qabul qilishi kerak.