Nazar Intimoqov ballon shinalaridan dekorativ buyumlar yasaydi. U bu hunarni otasidan o‘rgangan va qariyb 12-yildan buyon shu kasb bilan shug‘ullanib keladi.
Ustaning yasagan buyumlari respublikaning barcha viloyatlari hamda qo‘shni davlatlarga ham yetkazib beriladi.
"Yasagan buyumlarim uzoq vaqtgacha sinmaydi, buzulib ketmaydi. Yillar davomida turaveradi. Biz xomashoni, ya’ni eski ballonlarni shahrimizdagi vulkanizatsiya – ballon yamash shoxobchalaridan olib kelamiz", - deydi u.
Usta va u yasagan buyumlar haqida batafsil - Sputnik videosida.