TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Toshkentda 30–31 oktabr kunlari MDH davlatlarining mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha Maslahat kengashining 38-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Unda mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish, umumiy mehnat bozorini yaratish, mehnat migratsiyasini tartibga solish, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari va faxriylar tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Umumrossiya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (UKUK) Bosh kotibi Viktor Pinskiy Keksa ishchilar uchun faol uzoq umr ko‘rish va hayot sifatini oshirish MDH mamlakatlari uchun ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.
Ushbu borada UKUK tomonidan ishlab chiqilgan “Keksa ishchilar uchun ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari” bo‘yicha tavsiyalar loyihasi ma’qullandi va MDHda namunaviy qonunchilikning uzoq muddatli rejasiga kiritish uchun tavsiya etildi.
MDH mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha Maslahat kengashi kotibiyati rahbari o‘rinbosari Olga Kremskaya yig‘ilishda mazkur organning yangi gerbi tasdiqlanganini ma’lum qildi.
MDH mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha Maslahat kengashi kotibiyati rahbari o‘rinbosari Olga Kremskaya yig‘ilishda mazkur organning yangi gerbi tasdiqlanganini ma’lum qildi.
Tadbirda MDH davlatlari vazirlik va idoralari vakillari, MDH Ijroiya qo‘mitasi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Davlatlararo statistika qo‘mitasi, Butunjahon kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, “MDH fuqarolik jamiyati tashkilotlari hamdo‘stligi” xalqaro uyushmasi hamda boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.