Samarqandda O‘zbekiston Slovakiya qo‘shma konserti bo‘lib o‘tdi

Konsertga YuNESKO bosh direktori, Slovakiya prezidenti, hukumat vakillari va boshqalar tashrif buyurdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Samarqandda YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi tadbirlari doirasidaO‘zbekiston va Slovakiya san’atkorlarining qo‘shma konserti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
V Samarkande proshel sovmestniy konsert artistov iz Uzbekistana i Slovakii
Viloyat Musiqa va drama teatri sahnasida O‘zbekistonning "Bahor" va Slovakiyaning "Luchnitsa" ansambllari o‘zlarining eng yaxshi raqs va musiqiy chiqishlarini namoyish etishdi.
V Samarkande proshel sovmestniy konsert artistov iz Uzbekistana i Slovakii
Konsertda YuNESKO Bosh direktori Odri Azule, Slovakiya Prezidenti Peter Pellegrini, O‘zbekiston hukumati vakillari va jamoatchilik ishtirok etdi.
V Samarkande proshel sovmestniy konsert artistov iz Uzbekistana i Slovakii
Samarqandda 30-oktabrdan 14-noyabrga qadar YuNESKOning Bosh konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu konferensiya 1985-yildan buyon birinchi marta YuNESKOning Parijdagi bosh qarorgohi tashqarisida o‘tkazilmoqda. Anjumanga YuNESKO kotibiyatidan 400 kishi va tashkilotga a’zo barcha 194 ta davlatdan 6 mingga yaqin mehmonlar tashrif buyurgan.