Surxondaryoda Rossiya kompaniyasining shourumi ochildi

"Ayritom" erkin savdo hududida alohida Novosibirsk paviloni ochilishi rejalashtirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Surxondaryo viloyatidagi "Ayritom" erkin savdo hududida Novosibirskning yirik "Sibiar" kompaniyasi shourumi rasman ochildi.
Qayd etilishicha, ushbu loyiha Novosibirsk va Surxondaryo o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Shourumda kompaniya mahsulotlarining keng turdagi namunalari – uy-xo‘jalik kimosi, kosmetika va parfumeriya, pardoz vositalari va avtomobil ehtiyot qismlari namoyish etilyapti, deya yozadi "Dunyo" AA
Shuningdek, 2026-yil boshida Novosibirsk viloyat korxonalarining "Ayritom" erkin savdo hududiga biznes-missiya tashkil etilishi va ushbu hududda alohida Novosibirsk paviloni ochilishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, "Sibiar" uy-xo‘jalik kimosi va aerozol qoplamdagi parfumeriya-kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishda Uraldagi eng yirik kompaniya hisoblanadi.
Rossiya va O‘zbekiston hududlari yangi savdo va ilmiy hamkorlik kelishuvlarini tuzdi