Samarqandda YuNESKOning 80-yilligi sharafiga “Yashil bog‘” barpo etiladi

Samarqandda YuNESKOning 80-yilligi munosabati bilan “Yashil bog‘” barpo etiladi. Loyiha doirasida 80 ming ko‘chat ekish rejalashtirilgan
Sputnik
TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Samarqandda YuNESKOning 80-yilligi munosabati bilan "Yashil bog‘" barpo etiladi, deya xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Loyiha "Merosga tayanib, kelajakka intilamiz" shiori ostida amalga oshirilmoqda.
"Boqiy shahar" majmuasi hududida 564 tup daraxt va butalar ekiladi. Bog‘da jami 80 ming tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
Bog‘da tomchilatib sug‘orish tizimlari, quyosh panellari va yomg‘ir suvini yig‘ish tizimi o‘rnatiladi.
"Silk Road Samarkand" sayyohlik majmuasi va Qorasuv mavzesida "Yashil bog‘" barpo etiladi. U Amir Temur bog‘laridan ilhomlangan to‘qqizta zonadan iborat bo‘ladi.
O‘zbekistonda yoshlar uchun “yashil tashabbuslar” jamg‘armasi tuzildi