TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Sputnik multimedia matbuot markazida Rossiya va O‘zbekiston madaniy aloqalarini mustahkamalashga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 4-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.
Ishtirokchilar:
Rossiya teatr san’ati instituti (GITIS) rektori Grigoriy Zaslavskiy;
Rosstrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya;
O‘zbekiston Madaniyat ta’limi markazi direktori Alisher Djamaldinov.
O‘zbekistonda 2-8 noyabr kunlari uchinchi marta “To‘rt qalb” xalqaro teatr uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi gumanitar va madaniy hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari, qo‘shma teatr va ta’lim tashabbuslari, san’at, kadrlar tayyorlash va ijodiy almashinuv sohalaridagi hamkorlik istiqbollari yoritiladi.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. Quyidagi aloqalar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin:
Telefon: +998971907178
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.