TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa mintaqaviy burosi o‘rtasida 2021-yilda imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan yangi chora-tadbirlar rejasi imzolash uchun ma’qullandi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjatda hamkorlikning eng dolzarb yo‘nalishlari belgilangan.
Jumladan:
dori-darmonlar va tibbiy buyumlar muomalasi sohasidagi hamkorlik;
inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining aylanmasiga yo‘l qo‘ymaslik;
yuqumli va ommaviy yuqumli bo‘lmagan kasalliklar tarqalishining oldini olish.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida axborot tizimlarini rivojlantirish, tibbiyotda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va tibbiy yordam sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.