Bahrayn-2025: O‘zbekiston jamoasi yana 22 ta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston yosh sportchilari Bahrayndagi Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida 22 ta medal, jumladan 13 oltinni qo‘lga kiritishdi
Sputnik
TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Bahraynda o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 22 ta medal — 13 oltin, 6 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin medallar:
Dilnura Xoldorova (og‘ir atletika, -77 kg, dast ko‘tarish)
Dilnura Xoldorova (og‘ir atletika, -77 kg, siltab ko‘tarish)
Abdug‘ani Yorqinjonov (boks, -46 kg)
Rushanabonu Isoyeva (boks, -60 kg)
Ibrohim Shokirjonov (boks, -60 kg)
Diyorbek Murodillayev (boks, -75 kg)
Asadbek Sultonov (boks, +80 kg)
Gulsanam Hazratova (dzudo, -57 kg)
Mirzohid Xudoyqulov (dzudo, -73 kg)
Samandar Sunnatov (dzudo, -81 kg)
Jo‘rabek Eshpo‘latov (dzudo, -90 kg)
Alibek Durdiyev (dzudo, +90 kg)
Hasanboy Xolmuratov (og‘ir atletika, +94 kg, dast ko‘tarish)
Kumush medallar:
Qumriniso Muhammadova (boks, -54 kg)
Saidxo‘ja Sadillaxo‘jayev (boks, -66 kg)
Samira Turg‘unova (boks, -75 kg)
Abbosbek Axrolov (og‘ir atletika, -94 kg, dast ko‘tarish)
Shohista To‘rayeva (dzudo, -70 kg)
Xonzodabegim Usmonqulova (dzudo, +70 kg)
Bronza medallar:
Maftuna Ahmedova (dzudo, -63 kg)
Mohinur Esonboyeva (og‘ir atletika, +77 kg, siltab ko‘tarish)
Ziyoda Shomurodova (jiu-jitsu, -63 kg)
Bahrayn-2025: O‘zbekiston sportchilari yana 16 ta medalga sazovor bo‘lishdi