Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp Si Szinpin bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilganini ma’lum qildi

Pusanda AQSh va Xitoy yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyadagi uchrashuvda Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan Ukraina mojarosini muhokama qildi.
“Biz bu mavzuni uzoq muhokama qildik”, - dedi Tramp o‘z samolyoti bortida Si Szinpin bilan muzokaralari yakunlari bo‘yicha jurnalistlarning savollariga javob berayotib.
Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, u va Xitoy rahbari Ukraina bo‘yicha birgalikda ishlashga va natijalarga erishishga harakat qilishga kelishib olgan.
Tramp muzokaralarning boshqa tafsilotlarini ochiqlamagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Koreyadagi muzokaralarda Ukraina haqida bayonot berdi