Najmiddin Qosimhojiyev taekvondo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Najmiddin Qosimhojiyev jahon chempionatida barcha raqiblarini mag‘lub etib, taekvondo bo‘yicha O‘zbekistonga 10-yillik tanaffusdan keyin oltin medal olib keldi.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Xitoyda o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
-74 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda barcha raqiblarini mag‘lub etgan Najmiddin Qosimhojiyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Najmiddin Kosimxojiyev prines Uzbekistanu zoloto chempionata mira po taekvondo
Najmiddin Qosimhojiyev finalda braziliyalik Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Edibal Pontesni mag‘lub etib, erkaklar taekvondosida 10-yil kutilgan chempionlikni taqdim qildi.
Bahrayn-2025: O‘zbekiston sportchilari yana 16 ta medalga sazovor bo‘lishdi