TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari o‘tgan kun davomida yana ikkita qishloqni ozod etdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"G‘arb" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol va qat’iy harakatlar natijasida Xarkov viloyatining Sadovoe aholi punktini ozod etdi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, "Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga kirishni davom ettirib, Zaporojye viloyatining Krasnogorskoe aholi punktini ham ozod qilgani qayd etilgan.