TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Rossiya harbiylari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maxsus harbiy operatsiya hududida Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) qurshovga olingan joylarga xorijlik jurnalistlarni o‘tkazish buyrug‘ini olishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Krasnoarmeysk, Dimitrovo va Kupanskda Ukraina qo‘shinlari qurshovga olingan hududlarga Ukraina OAV vakillari ham “UQK qo‘mondoniga murojaat qilgan taqdirda” borishi mumkin.
“Rossiya qo‘mondonligi zarur holatlarda ushbu hududlarda jangovar harakatlarni 5-6 soatga to‘xtatib turishga tayyor”, - deyiladi xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligi xorijlik OAV guruhining kirish va chiqishi uchun yo‘laklar bilan ta’minlashga va’da qilgan, biroq bashartiki, ham jurnalistlar, ham Rossiya harbiylari uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘lsa.