TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq, prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentning tegishli farmonlari bilan:
Ravshan Gulyamov prezidentning hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;
Ravshan Ayubovich Gulyamov
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obid Hakimov prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi;
Ravshan Ayubovich Gulyamov
Aziz Magrupov prezidentning hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi.
Ravshan Ayubovich Gulyamov
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana