Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp Koreyadagi muzokaralarda Ukraina haqida bayonot berdi

Tramp Janubiy Koreyadagi muzokaralarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish uchun ish olib borayotganini ta’kidladi
Sputnik
TOShKENT, 29 okt – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya rahbari bilan uchrashuvda Ukraina mojarosini bartaraf etishga qaratilgan ishlar davom ettirilishini ta’kidladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
"Men jahondagi ko‘p muammolarni hal qilish baxtiga muyassar bo‘ldim. Deyarli hammasiga yechim topdik, faqat bittasidan tashqari. Men Rossiya bilan Ukraina haqida gapirapman. Ammo biz hammasini hal qilamiz", — dedi Tramp.
Amerika prezidenti "muammoni hal qilish ustida," jumladan, Janubiy Koreya prezidenti va hukumati bilan birgalikda astoydil ishlashga va’da berdi.
Tramp, shuningdek, Osiyoga ushbu tashrifi doirasida Amerika tomoni KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv jadvalini kelisha olmaganini qo‘shimcha qildi va KXDR bilan birgalikda Koreya yarim orolidagi muammolarni hal qilish ustida ham ish olib borishini takidladi.
Tramp Kim Chen In bilan munosabatlari "juda yaxshi" ekanini, shuningdek, ular "oson til topishishini" ta’kidladi.
Shuningdek, Tramp 30-oktabr kuni Amerika prezidentining Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralari rejalashtirilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Ukraina g‘alabasiga ishonmasligini ma’lum qildi